AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda 2020 yil pandemiyaga qarshi kurash uchun qancha pul sarflangani ma`lum qilindi

'O`zbekistonda 2020 yil pandemiyaga qarshi kurash uchun qancha pul sarflangani ma`lum qilindi'ning rasmi

Senatning 5 fevral kuni bo`lib o`tgan o`n ikkinchi yalpi majlisida 2020 yilgi davlat dasturi ijrosi bo`yicha Vazirlar Mahkamasi hisoboti tinglandi.

Davlat dasturi ijrosi bo`yicha hukumat hisobotida keltirilishicha:

  • ijtimoiy ob`ektlar qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta`mirlashga 3 trln. 423 mlrd. so`m;
  • korxonalarni moliyaviy qo`llab-quvvatlashga 2 trln. 485 mlrd. so`m;
  • aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashni kengaytirishga 1 trln. 340 mlrd. so`m;
  • sog`liqni saqlash ob`ektlarini qurish va zarur infratuzilmani yaratishga 1 trln. 22 mlrd. so`m;
  • mahalliy byudjetlar va pensiya jamg`armasi yo`qotishlarini qoplashga 595 mlrd. so`m miqdorida mablag`lar sarflangan.

Shuningdek, koronavirusga qarshi kurashish bo`yicha tadbirlarni moliyalashtirishga 3 trln. 962 mlrd. so`m sarflangani ma`lum qilingan. Gap aynan qanday tadbirlar haqida borganiga aniqlik kiritilmagan.

Boshqa yangiliklar