AsosiyJinoyat
2323

Namanganda do`kondagi sumka o`g`risi qo`lga tushdi

'Namanganda do`kondagi sumka o`g`risi qo`lga tushdi'ning rasmi

Joriy yil 5 fevral kuni Pop tumanida yashovchi 1961 yilda tug`ilgan ayol IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Namangan viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Murojaatchiga ko`ra, unda shu kuni soat 13:00larda noma`lum shaxs Pop tumanida joylashgan parfyumeriya do`konida stol ustida bo`lgan ayollar sumkasi va ichida bo`lgan 2 dona fuqarolik pasporti, 1 dona bank plastik kartochkasi va 1.500.000 so`m pullarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Pop tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Pop tumanida yashovchi, 1985 yilda tug`ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar