AsosiyJamiyat

Energetika vaziri: "Gazimiz uchta O`zbekistonni boqa oladi"

'Energetika vaziri: "Gazimiz uchta O`zbekistonni boqa oladi"'ning rasmi

Hozirgi gaz hajmi uchta O`zbekiston uchun etarli, deya ma`lum qildi energetika vaziri Alisher Sultonov. U aholi energiya manbalariga oqilonalik bilan munosabatda bo`lishi zarurligini ta`kidladi. Uning so`zlariga ko`ra, 95 million aholisi bo`lgan va ishlab chiqarish rivojlangan Turkiya ham, 35 million aholisi bo`lgan O`zbekiston ham yiliga 45 milliard kubometr gaz iste`mol qiladi. Bu haqda O`zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov «Amerika ovozi»ga bergan intervyusiga asoslanib “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Vazir ayrim hududlarga gaz quvurlari yotqizilgan taqdirda ham gaz etib bormasligi, boisi bosim yo`qligini ta`kidladi.

«Quvur kelgani bilan gaz kelmaydi. Chunki bosim yo`q miqdor bo`lgani bilan. Bu – tizimli muammo. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan ham, mentalitet, dunyoqarash nuqtai nazaridan ham», – dedi u.

Uning so`zlariga ko`ra, yaqinda yirik turk kompaniyasi rahbari bosh vazir Abdulla Aripovga O`zbekistonda gaz bilan bog`liq katta muammolar mavjudligini ma`lum qilgan.

«U shunday deyapti: «Turkiya davlatida ishlab chiqarish, sanoat rivojlangan, bularning barchasi energiya resurslarini talab qiladi. Bizning aholimiz 95 million. Ularning ham yashashi yaxshi, hech kim qishda sovuqda o`tirmaydi. Biz 95 million aholi va rivojlangan sanoat bilan yillik 45 mlrd kub metr gaz iste`mol qilsak, O`zbekiston 35 million aholi bilan 45 mlrd kub metr gaz iste`mol qilmoqda», — deya turkiyalik tadbirkorning so`zlarini keltirdi energetika vaziri.

«Shuning uchun „energosamaradorlik“ bizning yillar davomidagi asosiy shiorimiz bo`lishi kerak. Eng asosiy islohotimiz, bu – energiya tejamkorligi. Bu narsani kichkina bolachaning miyasiga: tishingni tozalayotganda suvni o`chirib qo`y, xonadan chiqayotgan chiroqni o`chir, kabilarni singdirib qo`ysak… Oddiy misollar. Chunki buning ichida juda ham ko`p narsa bor. Buning ichida ishlab chiqarishning ham energotejamkorligi bor. Hozirgi kunda 90 foiz, mayli 70 foiz ishlab chiqarishda energotejamkorlikka javob bermaydigan uskunalar o`rnatilgan, eski-eski. O`shani hozir modernizasiya qiladigan bo`lsak, yangisini quradigan bo`lsak, 2−3−4 barobargacha energiyani kam ishlatadi. Bu jarayon boshlandi», — dedi u.

Vazirning fikricha, O`zbekiston yaqin vaqtlarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanmagan degan qarashlar katta xato. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar