AsosiyIqtisodiyot

Top 10: 2020 yilda O`zbekistonda eng ko`p soliq to`lagan korxonalar

'Top 10: 2020 yilda O`zbekistonda eng ko`p soliq to`lagan korxonalar'ning rasmi

2020 yilda O`zbekistonda eng ko`p soliq to`lagan korxonalar o`nligi ma`lum qilindi.

Yirik soliq to`lovchilar bo`yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi Matbuot xizmati 2020 yil sarhisobiga ko`ra yakuniy ma`lumotlar bilan bo`lishdi.

Xabaringiz bor, mazkur toifaga mansub yirik soliq to`lovchilar o`tgan yilda  836 ta edi. Joriy yildan ularning safi kengayib, hozirda umumiy soni 1 120 taga etdi.

O`tgan 2020 yil yakunlariga ko`ra, Respublika miqyosida jami soliq tushumlari miqdori 103,6 trln so`mni tashkil etgan.

Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, shundan 67,7 trln so`m miqdordagi soliq tushumlari aynan Yirik soliq to`lovchilar bo`yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi  xizmat ko`rsatuvchi yirik soliq to`lovchilar tomonidan amalga oshirilgan.

2020 yilda Respublika bo`yicha jami 103,6 trln so`m soliq tushumlarining 65 foizdan ortig`i Inspeksiya tomonidan undirilgan.

Yirik soliq to`lovchilar bo`yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi o`tgan 2020 yil yakuniga ko`ra, eng ko`p soliq tushumlarini amalga oshirgan yirik soliq to`lovchilar top 10 taligini ma`lum qildi:

  1. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi,
  2. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ,
  3. «O`ztransgaz» AJ,
  4. «O`zbekneftgaz» AJ,
  5. «O`ZBAT» AJ QK,
  6. «Lukoil»,
  7. «O`zavto Motors» AJ,
  8. «O`zbektelekom» AJ,
  9. «Hududgazta`minot» AJ,
  10. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MChJ.

    Boshqa yangiliklar