«UzAuto Motors» eng ommabop avtomobillar sotuvini vaqtincha to`xtatdi «UzAuto Motors» dilerlari yangi dasturiy ta`minotga o`tayotgani sababli "Spark", "Nexia", "Cobalt" va "Lacetti" avtomobillariga shartnoma berish vaqtincha to`xtatilgan.
Qayd etilishicha, "GM Uzbekistan" avtosalonlari shartnomalar va avtoulovlarni etkazib berishni boshqarishning yangi tizimiga o`tmoqda. Shu bois, o`tgan haftadan boshlab «UzAuto Motors» avtosalonlari yuqorida nomlari keltirilgan avtomobillar uchun shartnomalar tuzishni to`xtatgan. Ba`zi avtosalonlarda"Trecker 2" va "Tahoe" sotib olish uchun shartnoma tuzishning ham imkoni bo`lmayapti.
Avvalroq "Equinox" modelini etkazib berish butunlay to`xtatilgandi.






