AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda QQSda eng ko`p qonun buzilishiga yo`l qo`ygan sohalar reytingi e`lon qilindi

'O`zbekistonda QQSda eng ko`p qonun buzilishiga yo`l qo`ygan sohalar reytingi e`lon qilindi'ning rasmi

Davlat soliq qo`mitasi axborot xizmati O`zbekistonda qo`shimcha qiymat solig`idagi soxta operasiyalar qaysi sohada ko`proq kuzatilgani haqida ochiqladi.

Ma`lum qilinishicha, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to`lovchilarning murojaatlari asosida faoliyati shubhali deb topilgan korxonalar reestridagi 396 ta tadbirkorlik sub`ekti bilan amalga oshirilgan bitimlarni o`rganib chiqish uchun tezkor ravishda kameral soliq tekshiruvlari o`tkazilmoqda.

Ushbu masalalar yuzasidan har bir hududda tashkil etilgan ishchi guruhlar o`tkazgan tekshiruvlarda hozirgacha shubhali korxonalar bilan soxta operasiyalarni amalga oshirgan 7990 ta tadbirkorlik sub`ekti aniqlangan. Ushbu noqonuniy operasiyalar quyidagilar:

  • qurilish sohasida – 35 foiz (201,9 milliard so`m),
  • savdo sohasida – 25 foiz (467,8 milliard so`m),
  • ishlab chiqarish sohasida – 18 foiz (96,7 milliard so`m),
  • xizmat ko`rsatish sohasida – 14 foiz (69,5 milliard so`m)
  • boshqa yo`nalishlarda – 8 foiz (83,5 milliard so`m)ni tashkil etdi.

Shuningdek, 2021 yilning 21 fevral holatiga respublika bo`yicha jami 2534 ta korxonada 534,6 milliard so`mlik asossiz hisobga olingan qo`shilgan qiymat solig`i summalariga aniqlik kiritish bo`yicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlangan. Natijada soxta operasiyalar faktlari (498,9 mlrd so`m) tasdiqlangan:

  • qurilishda 943 ta tadbirkorlik sub`ekti (93,5 mlrd so`m);
  • savdoda 658 ta tadbirkorlik sub`ekti (271,8 mlrd so`m);
  • xizmat ko`rsatishda 293 ta tadbirkorlik sub`ekti (30,6 mlrd so`m);
  • ishlab chiqarishda 344 ta tadbirkorlik sub`ekti (42 mlrd so`m).

Qo`shimcha qiymat solig`i summasini noqonuniy hisobga olish fakti ayrim hollarda qisman tasdiqlangan (8,1 milliard so`m):

  • qurilishda 22 ta tadbirkorlik sub`ekti (3,2 milliard so`m);
  • savdoda 23 ta tadbirkorlik sub`ekti (4,1 milliard so`m);
  • xizmat ko`rsatishda 8 ta tadbirkorlik sub`ekti (507 milliard so`m);
  • ishlab chiqarishda 3 ta tadbirkorlik sub`ekti (254,6 milliard so`m).

Qo`shimcha qiymat solig`i summasini to`g`ri hisobga olinganligi bo`yicha 27,6 milliard so`mlik asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilgan. Bunga asosan ortiqcha mablag`larni qaytarish yuzasidan tezkor jarayonlar boshlangan:

  • qurilishda 27 ta tadbirkorlik sub`ekti (3,5 milliard so`m);
  • savdoda 31 ta tadbirkorlik sub`ekti (11,8 milliard so`m);
  • xizmat ko`rsatishda 11 ta tadbirkorlik sub`ekti (1,1 milliard so`m);
  • ishlab chiqarishda 11 ta tadbirkorlik sub`ekti (9,7 milliard so`m).

Kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 118 ta korxona tomonidan QQS summasini to`g`ri hisob (zachet)ga olish bilan bog`liq boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,3 mlrd so`mlik soliqlar qo`shimcha hisoblangan:

  • qurilishda 37 ta tadbirkorlik sub`ekti (2,7 milliard so`m);
  • savdoda 57 ta tadbirkorlik sub`ekti (2,1 milliard so`m);
  • xizmat ko`rsatishda 11 ta tadbirkorlik sub`ekti (317,4 million so`m);
  • ishlab chiqarishda 12 ta tadbirkorlik sub`ekti (42,8 million so`m).

Murojaatlarni ko`rib chiqish davom etmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar