AsosiyIqtisodiyot

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga mikrokreditlar ajratiladi

'Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga mikrokreditlar ajratiladi'ning rasmi

“Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–4998-son, 22.02.2021 y.) qabul qilindi.  Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko`ra, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga kuyidagi shartlarda mikrokreditlar ajratiladi:

  •  300 million so`mgacha bo`lgan miqdorda 3 yil muddatga, 6 oygacha imtiyozli davr bilan;
  •  Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasining kafilligi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta`minot turlari asosida.

 

 Qaror bilan 2021–2023 yillarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va yaratiladigan yangi ish o`rinlarining maqsadli parametrlari tasdiqlandi.  

Shunga ko`ra, belgilangan yillarda sohada jami 29 ming 500 ta yangi ish o`rinlari yaratilishi nazarda tutilgan.  

2023 yil 1 yanvargacha zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning xalqaro ko`rgazmalarda ishtirok etish bilan bog`liq xarajatlarining 50 foizi Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi tomonidan kompensasiya qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar