AsosiyIqtisodiyot

2020 yilda o`zbekistonliklarning daromad sharhi e`lon qilindi

'2020 yilda o`zbekistonliklarning daromad sharhi e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Markaziy banki 2020 yilning VI choragi bo`yicha Aholining iste`mol kayfiyati sharhini e`lon qildi. So`rovda jami 5717 ta respondent ishtirok etgan.

So`rovnomalar tahliliga ko`ra, o`tgan 12 oy davomida aholining daromadlari asosan kamayish tomonga o`zgardi. Respondentlarning 70 foizi 2020 yilda o`z daromadlarining keskin kamayganini ta`kidlagan bo`lsa, faqatgina 15 foizi daromadlarining oshganligini ma`lum qilgan.

65 foiz respondentlar kelgusi 12 oy davomida daromadlari oshishini ma`lum qilgan. Daromadlari o`zgarishsiz qolishi yoki kamayishini kutayotgan aholi vakillari umumiy respondentlarning 20 foiziga teng bo`ldi.

O`tgan 12 oy davomida respondentlarning jamg`armalari dinamikasi o`rganilganda barcha respondentlar guruhlarida jamg`armalar kamayganligi ma`lum qilingan. Bunda, barcha daromad guruhlarida jamg`armalar keskin kamayishi va/yoki o`zgarishsiz qolganligi qayd etilgan.

37,4 foiz respondentlar jamg`armasi yo`qligini ma`lum qilishgan. 23,6 foiz respondentlar agar daromad olish manbalarida uzilish bo`lgan taqdirda jamg`armalar o`rtacha 1 oygacha etadi deb javob bergan. 21,7 foiz respondentlar esa — 1-3 oygacha, 9 foizi — 3-6 oygacha etadi deb javob bergan.

Boshqa yangiliklar