AsosiyDunyo

Italiya Avstraliyaga yuborilayotgan vaksina eksportini to`xtatib qo`ydi

'Italiya Avstraliyaga yuborilayotgan vaksina eksportini to`xtatib qo`ydi'ning rasmi

Italiya Avstraliyaga yuborilayotgan 250 ming dozali AstraZeneca eksportini to`sib qo`ydi. Buning uchun Italiya yanvar oxirida Evropa Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan himoya mexanizmidan foydalangan. Bu haqda Ria novosti xabar qildi.

Financial Times gazetasi Rimning xatti-harakatlari vaksinalarni etkazib berish sohasida global keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin deb hisoblaydi. Guardian, Evropa Ittifoqi tobora ko`proq vaksina eksportiga o`tayotgan proteksionistik pozisiyadan xavotir haqida.

Avstraliya hukumati bu hol mamlakatdagi vaksinasiya jarayoniga ta`sir qilmasligini bildirdi:

 Bu bir partiyani etkazib berish edi va uning to`xtatilishi emlash kampaniyasining tezligiga ta`sir qilmaydi.

Italiya tashqi ishlar vazirligining ta`kidlashicha, bu qadam Tvropada davom etayotgan dori tanqisligi, shuningdek, AstraZeneca'ni etkazib berilishining kechikishi sababli qilingan. 

    Boshqa yangiliklar