Fuqarolik ishlari bo`yicha Urganch tumanlararo sudining 28.10.202019 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor M.Bdan undiruvchi ma`suliyati cheklangan jamiyat foydasiga qarzdorlik undirishi belgilangan. Bu haqda MIB "Darakchi"ga xabar berdi.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Urganch tumani bo`limi ish yurituvga kelib tushgan kundan ijro ishi yurituvi qo`zg`atilgan va qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.
Qarzdorlik vaqtida to`lamasdan kelganligi sababli ijro ishi doirasida Byuroning Urganch tumani bo`limi xodimlari tomonidan qarzdorning barcha yo`nalishlariga cheklovlar qo`yib, unga tegishli bo`lgan “COBALT” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan 2020 yilning yilning 12 yanvar kuni qidiruv e`lon qilingan.
Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho``basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur transport vositasi Xorazm viloyati, Xiva tumani, Qoraqum qishlog`i xududidagi xonadonda turganligi aniqlanib, vaqtincha saqlash maqsadida Xiva shahrida joylashgan YPX maskaniga olib borilib, transport vositasi xatlandi.
Hozirda, Byuroning Urganch tumani shahar bo`limi tomonidan ijro ishi yuzasidan qarzdorlikni bartaraf qilish bo`yicha tegishli choralar ko`rilmoqda.