AsosiyIqtisodiyot

O`zbekiston byudjetini moliyalashtirish uchun Yaponiyadan 334 mln dollarlik qarz jalb qilinadi

'O`zbekiston byudjetini moliyalashtirish uchun Yaponiyadan 334 mln dollarlik qarz jalb qilinadi'ning rasmi

Jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan hukumat qarori loyihasiga ko`ra, O`zbekiston byudjetini moliyalashtirish uchun Yaponiyadan taxminan 334 mln dollarlik qarz jalb qilinadi.

Qarz mablag`lari quyidagi shartlarda olinadi:

O`zbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko`rish loyihasi bo`yicha – 15,0 mlrd.yapon yenasi miqdoridagi mablag`larni 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan 0,01 foizda;

Rivojlantirish siyosatini qo`llab-quvvatlash” loyihasi bo`yicha – 195,0 mln. AQSh dollar miqdoridagi mablag` 25 yil muddatga, shu jumladan 7 yillik imtiyozli davr bilan 6 oylik LIBOR +1,1 foizda.  

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi qarz mablag`lari O`zbekiston respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar