AsosiyJamiyat

Andijonda 50 nafar fuqaroga ajratilgan subsidiya mablag`lari talon-toroj qilinganligi fosh etildi

'Andijonda 50 nafar fuqaroga ajratilgan subsidiya mablag`lari talon-toroj qilinganligi fosh etildi'ning rasmi

Jalaquduq tumanida 50 nafar fuqaroga ajratilgan subsidiya mablag`lari talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tuman bo`lim tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.b.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari va Jalaquduq tuman aholi bandligiga ko`maklashish markazi mas`ul shaxslari oldindan til biriktirib, tumandagi 50 nafar kam ta`minlangan va ishsiz fuqarolar nomiga subsidiya mablag`larini ajratish orqali “X.b.” kooperativiga 111,5 mln so`m o`tkazishib, amalda fuqarolarga hech qanday mahsulot etkazmasdan yoki xizmat ko`rsatmasdan o`zlashtirish yo`li bilan talon-taroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar