AsosiyJamiyat

Din ishlari bo`yicha qo`mita Haj mavsumi bilan bog`liq xabarlarga munosabat bildirdi

'Din ishlari bo`yicha qo`mita Haj mavsumi bilan bog`liq xabarlarga munosabat bildirdi'ning rasmi

Shuni ma`lum qilamizki, Din ishlari bo`yicha qo`mita Saudiya Arabistoni rasmiylari hamda Haj va Umra ishlari bo`yicha Attashe bilan mazkur masalada muntazam aloqa o`rnatgan. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita Axborot xizmati xabar berdi. 

So`nggi kunlarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalarida 2021 yilgi Haj mavsumini tashkil etilishi bilan bog`liq turli xabarlar tarqalmoqda. Din ishlari bo`yicha qo`mita tarqalayotgan xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida quyidagilarni ma`lum qildi:

Birinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda “Muqaddas Xaj Safariga rasman ruxsat berildi. Faqatgina xaj safariga bormoqchi bo`lganlar koronavirusga vaksina qabul qilgan bo`lishlari shart” va boshqa shu kabi sarlavhalar ostida tarqatilayotgan xabarlar hech qanday rasmiy asosga ega emas.

Ikkinchidan, bu kabi xabarlarning tarqalishi va turlicha talqin qilinishi – Saudiya Arabistoni Sog`liqni saqlash vazirining “Haj mavsumi ziyoratchilarini qabul qilishning asosiy sharti – “COVID-19” ga qarshi emlangani bo`ladi”, mazmunidagi intervyusiga asoslangan.

Uchinchidan, Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish bo`yicha Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan hozirga qadar hech qanday rasmiy qaror e`lon qilinmagan.

"Hurmatli yurtdoshlar!

Haj va umra ziyoratlari bilan bog`liq asosli ma`lumotlar Din ishlari bo`yicha qo`mitaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali e`lon qilinadi.

Shu o`rinda, yurtdoshlarimizdan yuqoridagi kabi asossiz va chalg`ituvchi xabarlarga ishonmasliklarini so`rab qolamiz.

O`z navbatida, OAV vakillarini aholi orasida turli tushunmovchilik keltirib chiqaradigan, tekshirilmagan ma`lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz!",–deyiladi qo`mita axborotida. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar