AsosiyJinoyat

Mingbuloqda 1 mlrd. so`m imtiyozli kreditni noqonuniy o`zlashtirgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Mingbuloqda 1 mlrd. so`m imtiyozli kreditni noqonuniy o`zlashtirgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G” MChJ rahbari I.D. va boshqalar oldindan til biriktirib,  bank muassasasidan avtomobillarga texnik va maishiy xizmat ko`rsatish markazini tashkil etish uchun ajratilgan 1 mlrd. so`m imtiyozli kreditni soxta hujjatlarni tuzish orqali kredit mablag`ini naqdlashtirishib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan I.D. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar