1

Turkiyalik kishi Erdo`g`onni haqorat qilgan rafiqasi ustidan prokuraturaga shikoyat qildi

Dunyo 23.02.2016, 16:43
Turkiyalik kishi Erdo`g`onni haqorat qilgan rafiqasi ustidan prokuraturaga shikoyat qildi

Turkiyada yuk mashina haydovchisi bo`lib ishlovchi erkak, prokuraturaga rafiqasi Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo`g`onni haqorat qilgani yuzasidan shikoyat arizasi bilan murojaat qildi, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Bundan uch yil muqaddam uylangan 40 yoshli Ali, Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo`g`on televizor ekranida paydo bo`lishi bilan rafiqasi uni haqorat qila boshlashini, bir necha marotaba rafiqasiga haqoratni bas qilishni iltimos qilganini, ammo u hamon Turkiya prezidentini haqorat qilishdan to`xtamayotgani haqida shikoyat qilgan. Rafiqasi “Istasang, haqoratlarimni yozib olib, shikoyat qilishing mumkin” degandan keyin, Ali uning maslahatiga amal qilib, ovozini yozib olgan va da`vo arizasi bilan prokuraturaga murojaat qilgan.

Ali “Agar meni dunyoga keltirgan otam ham Turkiya prezidentini haqorat qiladigan bo`lsa, aynan shu yo`lni tutgan bo`lardim”, deya ta`kidlagan. Alining rafiqasi ajrashish uchun sudga bergan. Turkiya Jinoyat kodeksining 299-moddasiga binoan mamlakat prezidentini haqorat qilgan odam to`rt yilgacha qamoq jazosiga hukm etiladi, agar bu haqorat jamoat joyida amalga oshiriladigan bo`lsa, jazo muddati uzaytiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1