O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasiga 33 222,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo`yildi va ulardan 11 815,5 tonnasi, ya`ni 35,6% sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 28 xaridor ishtirok etdi.
Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining o`rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 273,6 ming so`mdan 6 283,4 ming so`mgacha, ya`ni 0,2% ga ko`tarildi.
Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o`rtacha haftalik kotirovkasi 6 301,6 ming so`mni, AI-91 – 7 440,5 ming so`mni tashkil etdi.
Eslatib o`tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o`rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.