"Manchester Siti" qiyin g'alaba bilan Angliya Kubogi finaliga yo'l oldi
Angliya Kubogi yarim finali doirasida "Manchester Siti" va "Southampton" o'rtasidagi bahs tomoshahob va keskin kurashlarga boy o'tdi. Uchrashuv yakunida «shaharliklar» irodali g'alabani qo'lga kiritib, finalga chiqish imkonini saqlab qoldi — 2:1.
O'yinning asosiy qismi muvozanatli kechdi. Biroq 79-daqiqada "Southampton" yarim himoyachisi Finn Eyzas hisobni ochib, nominal mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Bu goldan so'ng "Manchester Siti" katta bosim ostida qoldi.
Ammo Xosep Gvardiola jamoasi tezkor javob qaytardi. 83-daqiqada Jeremi Doku gol urib, hisobni tenglashtirdi. Oradan faqat to'rt daqiqa o'tib, 87-daqiqada Niko Gonsales hal qiluvchi golnni kiritib, "Siti"ga g'alabani ta'minladi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu uchrashuvni zaxira o'rindig'idan kuzatdi va maydonga tushmadi.
Shu tariqa, Manchester Siti Angliya Kubogi finaliga yo'l oldi. Jamoaning finaldagi raqibi 26 aprel kuni bo'lib o'tadigan "Chelsi" va "Lids" o'rtasidagi ikkinchi yarim final uchrashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi.






