1

“Surunkali tomoq og`rishi buyrakka ziyonmi?”

Salomatlik 24.02.2016, 15:00
“Surunkali tomoq og`rishi buyrakka ziyonmi?”

— Kunlar sovishi bilan o`g`limning tomog`i og`rib qoladi. Qancha davolansak ham, qaytalanaveradi. Tomoq yallig`lanishi buyrakka ta`sir etishi mumkin, deb eshitgandim. Shu rostmi?

Gulnora Soatova, Angren shahri

Respublika bolalar bosh uronefrologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Jumanazar Beknazarov: 

— Tishlar chirishi (karies), tomoqning bodomcha bezlari yallig`lanishi yoki organizmdagi biror-bir surunkali shamollash, yiringlash o`chog`i tufayli buyrak xastaligi kelib chiqishi mumkin. Chunki aynan shamollash, karies va og`iz bo`shlig`i kasalliklarini qo`zg`atuvchi  infeksiyalar hamda uning qaysidir miqdordagi zaharlari surunkali ravishda qonga o`tib, buyraklarda “mehmon” bo`lishadi. Tabiiyki, “mehmonlar”ning u erda qo`nim topishi ushbu a`zo xastalanishiga olib keladi. Ayniqsa, angina, tonzillit asoratlari natijasida buyrakda glomerulonefrit kasalligining rivojlanish xavfi ortadi. Shuningdek, oyoqdan zax o`tishi, sovuq qotish tufayli sistitga chalinish va o`z vaqtida to`g`ri davolanmaslik pielonefritni keltirib chiqaradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1