AsosiySalomatlik

JSST dunyoda transyog`lar iste`molini butunlay taqiqlash tarafdori

'JSST dunyoda transyog`lar iste`molini butunlay taqiqlash tarafdori'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan e`lon qilingan yangi hisobot tezpishar taomlar  -“fast-fud”, yarim tayyor eguliklar, qovurilgan kartoshka frisi, chips hamda turli qandolatlar keltirib chiqaradigan muammoga qarshi global tavsiyalarni o`z ichiga olgan.  

JSST oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va tayyorlovchi tadbirkorlarni transyog`lardan voz kechishga chaqirmoqda. Bu borada hukumatlarga ham tegishli talablar bor, deya xabar bermoqda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vaziriligi Matbuot xizmati.

Tashkilot mas`ul xodimi Franchesko Brankaning qayd etishicha, transyog`lar yurak xuruji va o`lim xavfini oshirayotgani sir emas. Yiliga 278 mingdan ortiq kishining hayotdan ko`z yumishi ayni shu zararli “masalliq” bilan bog`liq bo`lishi mumkin.

Aslida, hozir 53 mamlakat sanoat usulida ishlab chiqarilgan transyog`larga qarshi kurash bo`yicha ilg`or usullarni qo`llamoqda. Bu qariyb 3,7 milliard odamning salomatligini himoya qilish imkonini beradi.  

2023 yilda shunday cheklovlar ettita davlat — Misr, Meksika, Nigeriya, Shimoliy Makedoniya, Filippin, Moldova va Ukrainada kuchga kirdi.

2024 yil yanvar oyida JSST beshta davlat – Daniya, Litva, Polsha, Saudiya Arabistoni va Tailandga sanoatda ishlab chiqarilgan transyog`lardan voz kechish bo`yicha muvofiqlik sertifikatlarini taqdim etdi.  

 Ekspertlar xulosasiga ko`ra, agar bunday ilg`or amaliyotlar yana sakkizta mamlakatda joriy etilganida, bu xavfli mahsulot bilan bog`liq o`lim ko`rsatkichini 90 foizga kamaytirish mumkin edi.  

 

    Boshqa yangiliklar