Stenford universitetidagi nevrologlar, o`zak hujayralari bo`yicha olimlar va molekulyar biologlar guruhi Alsgeymer kasalligining asosiy sababi miya hujayralarida yog` to`planishi bo`lishi mumkinligi haqidagi dalillarni topdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.
Bundan avvalgi tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, Alsgeymer kasalligi asab hujayralari orasida o`sadigan blyashkalarda beta-amiloidning to`planishi natijasida yuzaga keladi. Boshqa bir tadqiqotda esa miya hujayralarida to`planishi mumkin bo`lgan tau oqsili aniqlangandi.
Natijada, kasallikning oldini olish, uni sekinlashtirish yoki to`xtatish usullarini ishlab chiqish bo`yicha tadqiqotlarning aksariyati bunday to`planishlarni kamaytirish yoki bunga yo`l qo`ymaslikka asoslangan. Ammo yangi tadqiqot olimlarining fikricha, kasallik rivojlanishi asosida boshqa narsa ham bo`lishi mumkin.
Tadqiqot guruhi APOE genining funksiyasiga e`tibor qaratdi, oldingi tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, u yog` tomchilarini asab hujayralariga tashishda ishtirok etadigan oqsilni kodlaydi.
Tadqiqotchilarning fikricha, o`rganish natijalari miyada amiloidning to`planishi miya hujayralariga yog`larning ajralib chiqishiga sabab bo`lib, Alsgeymer kasalligiga olib kelishini ko`rsatdi.