Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi “Urganchavtoshoxbekat” MChJ tarkibidagi 100 foiz davlat ulushini sotuvga qo`ydi.
Binolarning egallagan umumiy maydoni 682,42 kvadrat metrni tashkil etadi. Uning ustav kapitali miqdori esa 2 mlrd 97 mln 904 900 so`m.
Sotuv shartlariga ko`ra, tenderda g`olib chiqqan shaxs 20 yil davomida avtoshohbekat va yo`lovchi tashish faoliyatini ta`minlab berishi kerak.
Ma`lumot uchun, avtovokzal binosi Xorazm viloyati Urganch shahri Yoshlik ko`chasida joylashgan.