GSP+ ishtirokchisi sifatida O`zbekiston standart GSP sxemasidan ko`ra ko`proq qo`shimcha iqtisodiy manfaatlarni oladi. Ya`ni, Standart GSP liniyasining 2/3 qismi mahsulotlar lineykasi bo`yicha tariflar bekor qilinadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz Evropa Ittifoqiga 3000 turdagi mahsulot bojxona tariflarisiz va 3200 turdagi mahsulot arzonlashtirilgan to`lovlar asosida eksport qilayotgan bo`lsa, 10 apreldan boshlab O`zbekiston GSP+ ishtirokchisi sifatida 6200 turdagi mahsulotlarni bojxona bojisiz EI hududiga eksport qilish mumkin.
GSP+ sxemasidan bugungi kunda 9 ta davlat foydalanmoqda, MDH davlatlaridan yana Armaniston va Qirg`iziston ham benefisiar hisoblanadi.
GSP+ sxemasi qator majburiyatlarni ham yuklaydi. Masalan, mamlakat inson huquqlari, ekologiya, mehnat huquqlari, samarali boshqaruvga oid 27 ta Xalqaro konvensiyalarni samarali bajarish majburiyatini oladi. Bundan tashqari, Evropa Ittifoqi O`zbekiston tomoni ikkita qonun - Jinoyat hamda Mehnat kodekslarini qayta ko`rib chiqishi jarayoniga e`tibor qaratayotganini rasman ma`lum qilgan.






