AsosiyJAMIYAT

Farg`onada ko`p qavatli binoda yong`in sodir bo`ldi (foto)

Farg`ona viloyati Quvasoy shaxrida 11 aprel, yakshanba kuni ko`p qavatli binoning 4-qavati...

'Farg`onada ko`p qavatli binoda yong`in sodir bo`ldi (foto)'ning rasmi

Farg`ona viloyati Quvasoy shaxrida 11 aprel, yakshanba kuni ko`p qavatli binoning 4-qavatida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, soat 06:25 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatiga Ziynat mahallasi Azizov ko`chasida yashovchi fuqaro I.A.ning xonadonida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar kelib tushgan. Shundan so`ng yong`in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga jalb etilib, ekipaj tomonidan qutqaruv ishlari amalga oshirilgan.

Voqea joyida yong`in sabalari o`rganilganida gaz va havo aralashmasi natijasida sodir bo`lgani aniqlangan. Qayd etilishicha, xonadon tabiiy gazdan qarzdorligi sabab tarmoqdan uzib qo`yilganiga qaramay, fuqaro A.I. rezina shlang orqali yong`in va texnika xavfsizligi talablariga javob bermaydigan holda noqonuniy ulangan. Oqibatda xonadon egasi turli darajadagi quyish jaroxati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan mas`ul mutasaddi tashkilotlar tomonidan binoning foydalanishga yaroqlilik holati o`rganilmoqda. Qo`shni 16 ta xonadonda yashovchi 36 nafar fuqaroning xavfsizligini ta`minlash maqsadida yaqin qarindoshlarinikiga vaqtincha ko`chirilgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar