"Maktabgacha ta`lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, imzolanib, moliyalashtirilmasdan qolgan 241 ta davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi bitimlarga kredit mablag`lari bosqichma-bosqich ajratiladi.
Kreditlar 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan beriladi.
Loyihalarning amaldagi holati, shu jumladan bajarilgan qurilish ishlari hajmi o`rganib chiqiladi va ularning reytingi shakllantiriladi.
Reyting asosida moliyalashtirish manbalarini ko`rsatgan holda loyihalar ro`yxati tuziladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Shuningdek, qaror bilan Prezidentning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Unga ko`ra, 2021 yil 1 maydan davlat sherigi boquvchisini yo`qotgan ayollar farzandlarining ota-onalar badali to`lovlarini tegishli hududdagi 9 soatlik davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari uchun belgilangan miqdorlarda qoplab beradi.






