Rossiyada hayvonlar uchun mo`ljallangan COVID-19’ga qarshi «Karnivak-Kov» vaksinasi ro`yxatdan o`tkazildi. Bu haqda «Xalq so`zi online» xabar berdi.
Xabarga ko`ra, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi mutaxassislari va qo`mita huzuridagi Hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat havfsizligi davlat ilmiy markazi olimlari rossiyalik hamkasblari bilan mazkur vaksinaning sinov jarayonlarini O`zbekistonda ham o`tkazish bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, ayni paytda olimlar mazkur emlama bilan emlangandan keyin hayvon tanasida kovidga qarshi immunitet qancha vaqt saqlanishini o`rganmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, uning eng kam muddati 6 oy. Ommaviy ishlab chiqarish aprel oyi oxirlarida boshlanishi kutilmoqda.
Shuningdek, emlamaning birinchi bosqich sinov jarayonlari yuqori samara bersa, ikkinchi bosqich sinov jarayonlari O`zbekistondada ham o`tkaziladi.