AsosiyIqtisodiyot

UZCARD va HUMO terminallarida har ikki kartadan ham to`lov qilish imkoniyati yaratiladi

'UZCARD va HUMO terminallarida har ikki kartadan ham to`lov qilish imkoniyati yaratiladi'ning rasmi

UZCARD va HUMO to`lov tizimlari o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat O`zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi qo`shma loyihalarni amalga oshirishni ko`zda tutadi. Bu haqda Markaziy Bankning Matbuot xizmati ma`lum qildi.

 Memorandum doirasidagi ilk loyihaga ko`ra, kompaniyalar infratuzilmalarining bosqichma-bosqich integrasiyalashuvi amalga oshiriladi.

2021 yil oxiriga qadar to`lov tizimlari terminallari ikkala turdagi kartalarni ham qabul qila boshlaydi. Iste`molchilar savdo nuqtalari qaysi terminaldan foydalanayotganini so`rab o`tirishiga ham hojat qolmaydi, tadbirkorlar esa har ikkala kartadan ham to`lovlarni bitta terminal orqali qabul qila oladilar.

Shuningdek, memorandum doirasida kompaniyalar,  

– karta egalari, banklar, to`lov tashkilotlari va chakana savdo nuqtalarining manfaatlarini himoya qilish;

– naqdsiz to`lovlarni rag`batlantirish uchun texnologiyalarni takomillashtirish va infratuzilmani kengaytirish;

– to`lov infratuzilmasining ishonchliligi va axborot xavfsizligini ta`minlashga doir loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

    Boshqa yangiliklar