"Haftalik koronavirusga chalinish holatlari soni bo`yicha ko`rsatkichlar so`nggi ikki oy ichida ikki barobarga ko`paygan va pandemiya boshlangandan buyon eng yuqori cho`qqisiga yaqinlashmoqda",–dedi JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.
JSST rahbarining ta`kidlashicha, ilgari koronavirus infeksiyasining tez tarqalishini jilovlay olgan qator mamlakatlarda ham hozirda vaziyat anchayin murakkablashgan.
Ma`lumot uchun, oxirgi sutka davomida dunyoda 804 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 138 million 688 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 978 mingdan ziyod kishi vafot etgan (16.04.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 15:46 holatiga ko`ra).
Jons Xopkins universitetining hozirgi (17.04.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 06:20 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 139 million 690 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 997 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:
AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 31,103 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi o`rinda Hindiston (14,291 milliondan ortiq),
- uchinchi o`rinda Braziliya (13,673 milliondan ortiq),
- to`rtinchi o`rinda Fransiya (5,107 milliondan ortiq),
- beshinchi o`rinda esa Rossiya (4,684 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida:
- AQShda 73 306,
- Hindistonda 217 353,
- Braziliyada 73 513,
- Fransiyada 37 936,
- Rossiyada esa 8 995 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.