Bugun, 26 fevral kuni Shveysariyaning Syurix shahrida Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)ning navbatdan tashqari kongressida tashkilotning yangi prezidenti saylanadi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
17 yil davomida FIFAni boshqargan Yozeff Blatter o`rnini kim egallaydi? Nomzodlar soni 5 ta, prezident kursisi esa atigi 1 ta. Qo`yida prezidentlikka nomzodlar bilan Sizlarni tanishtirib o`tamiz.
Janni Infantino
Mutaxassisligi yurist. Yoshi 45 da. Ayni damda u UEFA bosh kotibi lavozimida ishlab kelmoqda. Agar u FIFA prezidenti bo`lsa, moliyaviy oshkoralik tarafdoshi bo`lishini aytib o`tgan.
Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa
Osiyo futbol konfederasiyasi prezidenti. Yoshi 50 da. FIFA prezidenti bo`lsa, moliyaviy barqarorlik va rivojlanishga urg`u qaratishini aytgan.
Ali bin al-Husayn
FIFA vise-prezidenti. Yoshi 40 da. U Baxrayn qirolligi oilasining a`zosi. Ali FIFA prezidenti bo`lsa, ijroiya qo`mitasining a`zolari ijro muddatini 4 yilga qisqartirmoqchi.
Jerom Shampan
FIFA sobiq bosh kotibi o`rinbosari. Yoshi 57 da. Fransiyalik diplomat uzoq vaqt davomida Blatterning o`ng qo`li bo`lib ishlagan. FIFA tuzilmasining turli yuqori lavozimlarida ishlab kelgan.
Mosimo Seksvale
Janubiy Afrika Respublikasining qurilish ishlari bo`yicha sobiq bosh vaziri. Yoshi 63 da. Marhum Nelson Mandelaning yaqin do`sti. FIFA prezidenti bo`lsa, JChda ishtirok etadigan jamoalar sonini ko`paytirmaslik tarafdori.
Qayd etish joiz, yangi prezidentni saylash uchun FIFAga a`zo 209 mamlakat rasmiylari ovoz berishadi. Saylov yashirincha o`tkaziladi. Yangi prezident 4 yilga saylanadi.