AsosiyJamiyat

Soliq majburiyatlarini bajargan fuqarolardan ortiqcha to`lov talab qilish mumkinmi?

'Soliq majburiyatlarini bajargan fuqarolardan ortiqcha to`lov talab qilish mumkinmi?'ning rasmi

Soliq to`lovlari bo`yicha belgilangan majburiyatini bajargan shaxslardan ortiqcha to`lov talab qilish noqonuniydir.  

2021 yil I chorakda ortiqcha to`lovlar olinishiga yo`l qo`ygan:  

  • 3 ta tuman DSI rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi;  
  • 16 ta tuman DSI rahbariga “hayfsan” berildi hamda maxsus unvoni darajasi pasaytirildi.  

Davlat soliq qo`mitasi hududiy davlat soliq organlari xodimlarini soliq to`lovchilardan ortiqcha to`lov talab qilmasliklari yuzasidan qat`iy ogohlantirdi.  

Ortiqcha to`lovlar olinishiga yo`l qo`yilgan taqdirda DSQ tomonidan qonuniy choralar ko`riladi.  

Ma`lumot o`rnida, Davlat soliq xizmati organlari tizimida ortiqcha to`lovlar olinishiga yo`l qo`yilmasligi to`g`risida soliq to`lovchilarning shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboriladi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar