Oybek va Nigora dueti “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida hamkasblari Farhod va Shirin ularning to`yiga taklif etilmagani sababini aytdi.
“Farhod va Shirin bilan bizni taqqoslash noto`g`ri. Bizni faqat duet qo`shiqchilar sifatida taqqoslash mumkin, xolos. Ular bilan munosabatimiz unaqa do`stona emas. To`yga iloji boricha yaqinlarimizni taklif etdik”,—dedi Oybek.
“To`yimizga taklif etilmay qolganlar juda ko`pchilik. To`y o`tgach, rosa xafa bo`lishdi. Ochig`i, o`z tashvishlarimiz bilan bo`lib, ko`p narsa esimizdan chiqqan”,—deya qo`shimcha qildi Nigora.





