1

Gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilinadi

Jamiyat 25.05.2021, 20:36
Gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilinadi

25 may kuni Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasining majlisi bo`lib o`tdi. bu haqda  Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Unda Senat a`zolari, O`zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiyasi a`zolari, Qo`mita huzuridagi ekspertlar kengashi a`zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlis davomida Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinishi nazarda tutilgan masalalar, xususan, O`zbekiston Respublikasida 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasining yakuniy loyihasi dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi, Senat Raisi rahbarligida O`zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiyasi tashkil etilishi O`zbekistonda gender tenglik masalalariga katta e`tibor qaratilayotganini ifodalaydi.

Davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro ekspertlar vakillaridan iborat Ishchi guruh tomonidan O`zbekiston Respublikasida 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi ishlab chiqildi. E`tiborli jihatiga shundan iboratki, mazkur strategiyadagi yo`nalishlar BMTning 2030 yilgacha mo`ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq holda belgilangan.

Shuningdek, O`zbekistonda amalga oshirilayotgan isloxotlarning iqtisodiy o`sishini jadallashtirish va mehnat bozoriga kirib kelayotgan xotin-qizlarni iqtisodiy faollik bilan qamrab olish uchun ishbilarmonlik, investision muhitni yaxshilashga alohida e`tibor qaratilgan. Asosan, xotin-qizlarning iqtisodiy resurslardan, shu jumladan, ko`chmas mulk, er, moliyaviy kreditlar, jamoatchilik jamg`armalari, shuningdek, erkin tanlangan tadbirkorlik faoliyati turlaridan teng foydalanish huquqi qo`llab-quvvatlanadi.

Tadbirda xotin-qizlarning erkaklar bilan teng darajada davlat va jamiyat boshqaruviga oid dolzarb masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda ishtirokini kengaytirishni ta`minlash lozimligi ta`kidlandi.

Shu nuqtai nazardan, Gender tenglikka erishish strategiyasi asosan, uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, qator ustuvor yo`nalishlarda amalga oshiriladi. Davlat xizmatida, ijtimoiy-iqtisodiy, oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida, saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta`minlash shular jumlasidan. Shuningdek, strategiyada gender tenglikni ta`minlash tadbirlarini hisobga olgan holda davlat dasturlarini byudjetlashtirish va moliyalashtirish ham ko`zda tutilgan.

Ushbu strategiyani amalga oshirish natijasida yuqori va quyi tizimdagi davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlash amaliyotini kengayadi. Gender nomutanosiblik mavjud bo`lgan davlat organlarida vaqtinchalik kvotalash tizimini joriy qilish orqali xotin-qizlar va erkaklar o`rtasidagi mutanosiblik ta`minlanadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta`minlangan, ayniqsa qishloq joylaridagi oilalar xotin-qizlarini ish bilan ta`minlash, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish, shuningdek, o`zini o`zi band qilishga erishiladi. Eng asosiysi – xotin-qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zo`ravonlik holatlarining oldi olinib, jamiyatda ularga nisbatan shakllangan salbiy qarashlarga barham beriladi.

Shuningdek Gender strategiyasini amalga oshirish O`zbekistonning inson huquqlarini ta`minlash sohasidagi strategik maqsadlar kontekstida qabul qilingan milliy va xalqaro majburiyatlar (Pekin Deklarasiyasi va Harakatlar rejasi, Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to`g`risidagi Konvensiya, Barqaror rivojlanish maqsadlari va boshqalar) ni bajarishga ko`maklashadi.

Ekspertlar tomonidan jamiyatda gender tenglikni ta`minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish kabi murakkab masalalar birgina davlat hamda jamoat tuzilmalari zimmasiga yuklatilgan vazifa emasligi, bu borada barchaning faol ishtirokini kuchaytirish muhimligi borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1