1

Jizzaxda ko`pkari o`yinida dron uchirgan erkak jinoiy javobgarlikka tortildi

Jamiyat 08.05.2024, 14:13
Jizzaxda ko`pkari o`yinida dron uchirgan erkak jinoiy javobgarlikka tortildi

Jizzax viloyati G`allaorol tumanida ko`pkari o`yinida dron uchirgan erkak jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o`tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, Jinoyat Kodeksining 244 prim 4-moddasi bilan jinoyat deb topiladi.

Xususan, Jinoyat ishlari bo`yicha G`allaorol tuman sudning A.Q.hisobidan 34 million so`m jarima jazosini davlat foydasiga undirish haqidagi ijro varaqasi Byuroning Jizzax shahar bo`limi ish yurituviga kelib tushgan. Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdorga nisbatan ijro ishi qo`zg`atilib, nusxalari taraflarga yuborilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida A.Q.dan 34 million so`m jinoiy jarima to`liq undirilishi ta`minlandi.

«Dronlar xavfsiz texnikalar qatoriga kirsada, smartfon kabi oddiy o`yinchoq emas», — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1