AsosiyJamiyat

YouTube tarmog`idagi barcha videolarda 1 iyundan boshlab reklama paydo bo`ladi

'YouTube tarmog`idagi barcha videolarda 1 iyundan boshlab reklama paydo bo`ladi'ning rasmi

Bu haqda AQShning YouTube videoxostingi rahbariyati o`z blogida e`lon qildi.  Kompaniya 2021 yil 1 iyundan ushbu platformaga joylangan barcha videolarga reklama roliklarini qo`shadi.

 Yozning birinchi kunidan O`zbekistonda va boshqa mamlakatlarda YouTube'ning yangilangan foydalanish shartlari, jumladan, videoxosting orqali kontentdan pul ishlash huquqi amal qila boshlaydi. Bunga ko`ra, hatto YouTube'ning «Hamkorlik dasturi»ga ulanmagan videolarga ham reklama joylashtiriladi.

Shuningdek, AQShdan tashqarida yashovchi barcha kontent yaratuvchilarning daromadlari royalti hisoblanadi va AQSh qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortiladi. (Izoh: «royalti» — patentlar, mualliflik huquqlari, franchayzalar, tabiiy resurslar va boshqa mulk turlaridan foydalanganlik uchun lisenziya to`lovi turi, odatda pul bilan beriladigan davriy kompensasiya). Biroq, bunda faqatgina AQShda tomosha qilingani uchun olingan daromadlar soliqqa tortiladi. Bu nafaqat tomosha qilishdan keladigan daromadlarga, balki YouTube Premium, superchat va homiylik masalalariga ham taalluqli.

Shu munosabat bilan barcha mualliflar soliq ma`lumotlarini — INN, yuridik shaxs nomi va tijoriy nomini Google AdSense xizmatiga 31 mayga qadar yuborishi kerak. Agar ushbu ma`lumotlar belgilangan muddat ichida yuborilmasa, videoxosting tomosha qilishlar soni orqali tushgan daromadning 24 foizigacha o`zida saqlab qolishi mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar