1

Kelajak: Nazorat qilinadigan internet, imkoniyati kengaygan miya va “nashr qilinadigan” uylar

Hi-tech 14.03.2016, 11:42
Kelajak: Nazorat qilinadigan internet, imkoniyati kengaygan miya va “nashr qilinadigan” uylar

Yaqinda San-Xose shahrida tadbirkor va futuorologlar (kelajakshunoslar) ishtirokida an`anaviy  Institute for the Future — futurologik anjumani bo`ib o`tdi. Anjuman yakunlariga ko`ra, yaqin o`n yil ichida yuzaga kelishi kutilayotgan texnologik yangiliklar aniqlandi.

1.Yaqin o`n yil ichida internetning yangi avlodi vujudgsha keladi. Sir emaski, internet daslab davlat va tijorat manfaatlaridan xoli bo`lgan yagona erkin hudud sifatida yuzaga kelgandi. Ammo, bugungi kunda internethayotimizning barcha jabhalarini qamrab olgan yagona markazlashgan tizimga aylandi. Bu tizimdan nafaqat ezgu, barlki turli qora niyati kuchlar ham unumli foydalanoqda. Biroq yaqin yillarda internetning konsepsiyalari bir muncha o`zgaradi.Uning xavfsizligini oshirish yuzaisdan keng qamrovli ishlar qilinadli. 

2. Ishlab chiqaruvchilar uchun vikipediya tarmog`i vujudga keladi. Mazkur onlayn ensiklopoediya ma`lum vaqt axborotga bo`lgan monopoliya tushunchasini yo`qqa chiqardi.  Endilikda bugungi kunda mavjud  barcha mahsulotlar haqida yagona markazlashgan axborot tizimi vujudga keladi. Shu tariqa monopoliya gigantlari “egarlan” tushishlariga to`g`ri keladi. Endi iste`molchi internet tarmog`i orqali istalgan korxonaning mahsuloti haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lib, unga buyurtma berishi mumkin.

3. 3D-nashr qurilish tizimida inqilob yasaydi. U qurilish va ishlab chiqarishdavgi eski qoliplarni butunlay engib chiqadi.  “Bosib chiqarilgan uylar” mavjud inshotlardan kesikn farq qiladi va u fantastik filmlardagi “kelajak uylari” haqida orzularni ro`yobga chiqaradi. 

4. Penitensiar tizim haqidagi tushunchalar ham o`zgarib ketadi. Mehnat bilan davolash asosiy yo`nalish ko`rinishini oladi. Hatto mahbuslar ham o`z ishini yuritishi, izlanishlar olib borishi mumkin bo`ladi. 

5. Moddiy boyliklar va tabiiy resurslardan foydalanish tizimi ham qayta ko`rib chiqladi, ulardan hamkorlikdagi foydalanish g`oyasi hayotga tatbiq etiladi. Deylik, kimdadidr moddiy resurs (mashina , uy va v.b.) bo`lsa, boshqa undan vaqtincha foydalanish  uchun ma`lum miqdorda to`lov to`lashga rozi bo`lsa, har ikki kishi o`zaro kelishgan holda bu resursdan umumiylikda foydalana oladilar. AirBnB orqali arendaga olingan turar-joylar, Mobility yoki  ZipCar dasturi orqali ijaraga olingan avtomashinalar ana shu tendensiyaning ilk ko`rinishlari sanaladi. Chunki, tekshiruvlarga ko`ra odamlar ham biznech sub`ektlari ham o`zlaridagi moddiy resurslardan o`rtacha o`n foiz holda to`liq foydalannishar ekan.

6. Jamoatchilik va xayriya  munosabatlari oldindan to`lov tizimi evaziga rivojlanadi. Masalan ayrim qahvaxonalarda siz o`zingizdan keyin kelishi mumkin bo`lgan notanish mijoz uchun to`laysiz. Sizni esa, bu qahvaxonaga sizdan avval kelgan mijoz to`lab ketgan pul evaziga mehmon qilishadi. Albatta, bu usul xayriya maqsadlari uchun ancha qiziq va maqbul. 

7. Masofadan turib ishlash odatiy ko`rinish kasb etadi. Frilanser (erkin jurnalistlar) soni tobora oshib boradi. Futurologlar fikricha, masofadan turib ish bitirish afzalliklarini insoniyat to`la-to`kis anglab etadi. Odamlar o`rtasidagi masofaning ahamiyati qolmaydi. 

8. Er mikrofolorasining global xaritasi tuziladi. Shu tariqa bizning ekotizim haqidagi qarashlarimiz ham o`zgaradi. Agar Earth Microbiome Project nomli loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa,  sayyoramiz aholisining turli hayot darajasi haqidagi tasavvurlari o`zgaradi. Bakteriyalarni o`rganish darajasi yanada rivojlanadi. 

9. Big Data texnologiyalari yordamida barcha ijtimoiy jarayonlarni prognozlashtirish imkoni yuzaga keladi. Jumladan turli iqtichodiy inqirozlarni oldindan aniqlash va ularga chap berish imkoni tug`iladi. 

10. Neyroxaritalarning ishlab chiqilishi miya imkoniyatlarini kengaytiradi. Inson miyasining yangi-yagi xususiyatlari o`rganiladi. Bu esa, yanada yangi kashfiyotlar, o`zgarishlarga yo`l ochadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1