AsosiyDunyo
1578

O`zbekiston TIV Eron prezidenti bilan bog`liq vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi

'O`zbekiston TIV Eron prezidenti bilan bog`liq vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron prezidenti bo`lgan vertolyot bilan bog`liq hodisa yuzasidan munosabat bildirdi. 

"Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bo`lgan vertolyotning favqulodda qo`ndirilishi to`g`risidagi xabarni chuqur tashvish bilan qabul qildik. O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vertolyot yo`lovchilari, jumladan Eronning yuqori martabali vakillari taqdiri haqidagi ma`lumotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Barcha yo`lovchilar tez orada sog`-salomat topilishiga umid qilamiz. O`zbekiston tomoni zarurat bo`lishi bilan eronlik do`stlarimizga barcha yordam ko`rsatilishiga to`liq tayyorligini bildiradi", - deyiladi bayonotda.

19 may kuni bortida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo`lgan vertolyot Ozarbayjon bilan chegara yaqinida "qattiq qo`nish"ni amalga oshirgan. Vertolyotda Eron prezidentidan tashqari mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Malik Rahmati, oyatullohning Sharqiy Ozarboyjon viloyatidagi vakili Muhammad Ali al-Hoshim va boshqa bir necha mulozimlar ham bo`lgan.

Shuningdek, hozircha hodisa oqibatida prezident jabrlangan yoki yo`qligi ham ma`lum emas.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar