AsosiyJamiyat
1624

Jinoyat ishlari bo`yicha Denov tuman sudi raisi YTHga uchradi

'Jinoyat ishlari bo`yicha Denov tuman sudi raisi YTHga uchradi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Denov tuman sudi raisi yo`l transport hodisasiga uchragani, buning oqibatida u bilan bitta avtomashinada bo`lgan advokat halok bo`lib, o`zi esa u turli darajada tan jarohat olgani haqida   ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. 

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, kengash tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib, natijada tuman sudi raisining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgani qayd  etilsa-da, turli talqin va bashoratlarga berilishlar ham kuzatilmoqda.

 "Xususan, holat yuzasidan tergov ishlari yakuniga etmaganiga qaramay sud raisning vazifasidan ozod etilganini - barvaqt xulosaga kelish, yoki fojea sodir bo`lgan paytda avtomashina boshqaruvida sudya (sud raisi) bo`lganiga oid axborotlar ham yo`q emas.

Qayd etish joizki, joriy yilning 9 mart kuni Denov tumanida yuz bergan YTH bo`yicha xizmat tekshiruvi fojeaga sabab bo`lgan omillar va bu jarayonda sud raisining xatti-harakatlari doirasida o`tkazilgan bo`lib, unda Sudyalar odobi kodeksi talablari buzilgani aniqlangan.

 Xizmat tekshiruvi xulosasi Surxondaryo viloyati sudlari sudyalar malaka hay`atida muhokama etilib, tuman sudi raisning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida qaror qabul qilingan.

 Mazkur qarorga nisbatan berilgan shikoyatlar esa rad etilgan.

Ushbu chora intizomiy jazo xarakterida bo`lib,  tergov ishlariga daxli yo`q.

Pirovardida, og`ir oqibatga olib kelgan YTHning aybdorini aniqlash tergov organi vakolatiga tegishli ekani yana bir bor qayd etiladi",  deyiladi rasmiy munosabatda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar