AsosiyDunyo
1589

Eron prezidenti vertolyoti bortida bo`lganlarning barchasi halok bo`lgan deb hisoblanmoqda

'Eron prezidenti vertolyoti bortida bo`lganlarning barchasi halok bo`lgan deb hisoblanmoqda'ning rasmi

Eron prezidenti vertolyoti bortida bo`lganlarning barchasi halok bo`lgan deb hisoblanmoqda, deya xabar bermoqda Reuters Eron rasmiy vakiliga tayanib.

Vertolyot surati Eron OAV tomonidan e`lon qilindi. Vertolyot qulagandan keyin to`liq yonib ketgan.

“Prezident Raisiy vertolyot halokatidan keyin omon qolishi ehtimoli past”, — dedi Eron rasmiysi.

Eslatib o`tamiz, kecha, 19 may kuni Eron prezidenti bo`lgan vertolyot halokatga uchradi. Vertolyotda Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Oyatulloh al-Hoshem va Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullohiyan ham bo`lgan.

Ibrohim Raisi bugun chegara hududida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev bilan uchrashgandi.

O`zbekiston TIV yordamga tayyorligini bildirdi.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar