AsosiyJamiyat

Yigit sevishini aytganidan so`ng qizning akasi bolani uyiga olib kirib urgan, sochi va qoshini qaychi bilan qirqqan

Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab bolasi samosud qilindi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Bol...

Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab bolasi samosud qilindi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o`rganib, o`z kuzatuviga oldi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 16 may kuni Pastdarg`om tumani IIB ga 2009 yilda tug`ilgan B.S. (o`g`il bola) tan jarohati olganligi to`g`risida uning onasi J.I. dan ariza kelib tushgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga etmagan B.S. 20-maktabning 9-sinfida ta`lim olishi, u shu maktabning 6-sinf o`quvchisi Q.A. (qiz) ga sevishini aytganligi, so`ng Q.A. ning akasi, A.Q. holatdan xabar topib, 15 may kuni B.S. ni o`z uyining ichki tomoniga olib kirib, unga tan jarohati etkazgan. Shuningdek, A.Q. go`yoki uning ta`zirini berish maqsadida B.S. ning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan.

Mazkur voqea yuzasidan 19 may kuni Pastdarg`om tumani IIB TB tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan❗️

Tergov davomida voyaga etmagan B.S. ga nisbatan sodir etilgan boshqa g`ayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berilmoqda.

Bu borada qo`shimcha axborot beriladi.

    Boshqa yangiliklar