Sud`yalar oliy kengashi raisi Holmo`min Yodgorov deputat Rasul Kusherbaev ustidan parlament etika komissiyasiga arz qilgan. Bu haqda Kusherbaev o`zining telegram kanalida ma`lum qilmoqda.
Da`vo sababi qilib deputat o`zining munozaralaridan birida ularni 2 daqiqa-yu 24 soniyada 9 marta nomard deb atagani ko`rsatilgan.
"Bu insonni prokuror, tergovchi yo hokim deb o`ylamang. U vaqtda u kishi Oliy sud raisining o`rinbosari, mustaqil, xolis sud hokimiyatining vakili edi. Endi esa Sud`yalar Oliy Kengashiga raislar.
Bu kishi o`shanda sud`yalik obro`sini "pachoq qilib" aybsizlik prezumsiyasigayam qaramay, tergovi tugamagan, sud baho bermagan Bo`stonliqdagi bir guruh fuqarolarni noqonuniy uy qurgan, soxta hujjat tayyorlagan, deb shu yo`l bilan o`zining quyi sudlariga "yashirin ko`rsatma" bervorgandilar. Ana mardlik",–deya munosabat bildirgan Kusherbaev.
16.10.2021, 10:00
"UzAuto Motors" 4-pozisiya Chevrolet Cobalt’ni kutayotgan mijozlarga avtomobil o`rindig`ini isitish modulisiz taklif etmoqda. Ushbu komplektasiya 1 mln so`mni tashkil etadi hamda ushbu summa mijozga qaytarib...28.09.2021, 16:56
O`zbekistonda 2021 yilning olti oyida 2544 nafar mansabdor shaxs korrupsiya bilan bog`liq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan. Davlat va jamiyatga etkazilgan zarar hozircha 592 mlrd so`m....23.09.2021, 17:07
Qozog`iston televideniesida “GM” dan avtomobil sotib olish uchun oylab kutayotganlar haqidagi mavzu yoritildi. "Oldindan pulini to`lab qo`yib avtomobilini ola olmayotgan o`zbekistonliklar safi 30 mingdan ortdi... Shunga...04.07.2021, 17:43
Denovda daraxtlar bilan bog`liq vaziyat biz o`ylagandan ko`ra jiddiyroq bo`lib chiqdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev o`zining telegram kanalida ma`lum qildi. "Tuman...