Xonanda Munisa Rizaeva o`zi bilan ishlaydigan ma`murlarini tez-tez o`zgartirib turishi barchaga ma`lum. Uning navbatdagi ma`muri Ibrohim Ahmedov bilan urishib qolishiga nima sabab bo`ldi?
Bu savolga xonanda “Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida aytib o`tdi.
“ Buning sababini yashirib o`tirmayman. Ibrohim men bilan ishlayotgan paytda baravariga boshqa bir xonanda qiz bilan ham ishlashni boshlab yuboribdi. Men esa bundan bexabar qoldim. Ma`umr faqat bir xonanda bilan ishlagani ma`qul, deb o`ylayman. Chunki, o`zimizga yarasha ijodiy sirlarimiz, o`z ish rejamiz bo`ladi. U mening ma`murim edi, buning uchun oylik olardi. Yashirincha boshqa xonanda bilan ishlashi to`g`ri emasku?! Bu haqda rostini aytsa ham bo`lardiku?! Xonanda yaxshi ishchini hech qachon shunchaki bo`shatmaydi?”—deydi xonanda.





