Rostov-Don yaqinida qo`nishni amalga oshirayotgan yo`lovchi samolyoti halokatga uchradi.
Rossiya FVV ma`lumotlariga ko`ra, samolyot bortida 61 kishi bo`lgan: 55 nafar yo`lovchi va 7 nafar ekipaj a`zosi. Ularning barchasi halok bo`lgan. Yo`lovchilarning 33 nafari ayol 18 nafari erkak va to`rt nafari bolalar. Shulardan 5 nafari chet el fuqarolari bo`lgan. FlyDubai aviakompaniyasiga qarashli “Boing-737” samolyoti Dubaydan qaytayotgan bo`lgan, deb yozadi Euronews.
Halokatning ikkita asosiy talqini mavjud: yomon ob-havo sharoiti hamda uchuvchilarning xatosi.
“Interfaks” bergan ma`lumotga ko`ra, samolyot uchuvchisi bir urunishda qo`nishni amalga oshirolmagan, ikkinchi urunishda uchish-qo`nish yo`lagidan 253 metr uzoqlikda halokatga uchragan.
Mahalliy hukumat ma`lumotlariga ko`ra, qo`nish vaqtida bo`ron darajasidagi kuchli shamol bo`lgan.





