19 mart kuni Rostov-Donda 62 nafar yo`lovchining hayotiga zomin bo`lgan “Boing” aviahalokati sabablari to`g`risida RF transport vaziri Maksim Sokolov so`zlab berdi.
Vazir o`z suxbatida ayni damda Tergov qo`mitasi hamda Xalqaro aviasiya qo`mitasining maxsus komissiyasi ushbu halokatga sabab bo`lgan barcha holatlarni tekshirib chiqayotganini ma`lum qildi. Samolyotning ikki qora qutisi ham topilgan, uchuvchilar va dispetcherlarning muloqotlari o`rganilib, tegishli xulosalarga kelinadi.
Jurnalistning ob-havo shu qadar yomon sharoitda nima sababdan Rostov-Dondagi aeroport vaqtinchalik yopilmagani haqidagi savolga, aeroport shtat rejimida ishlagan deya javob qaytardi. Shuningdek u shamol kuchi va ko`rinish havo kemalarining uchishi va qo`nishiga imkon beradigan darajada ekanligini aytib o`tgan.
- Internetda va axborot agentliklarning xabarlarida FlyDubai layneri Rostov ustida aylanayotgan bir vaqtda, mazkur aeroportga O`zbekistondan parvoz amalga oshirgan uchuvchi yo`lovchilarni tushirib, yana yo`lovchi olib qaytishga ulgurilgani haqida xabarlar tarqaldi. Shu rostmi?
- Parvozlar va aeroport faoliyati to`g`risidagi ma`umotlar o`rganilmoqda, ularning xulosalari chiqarilgandan so`nggina biror ma`lumot berilishi mumkin.
- Siz shu haqda eshitganmidingiz? O`sha vaqtda Rostovdagi aeroportda nimalar bo`layotgani odamlar uchun qiziq. Ahvol shu qadar yomonmidi yoki malakali uchuvchilar bemalol parvoz va qo`nish amalga oshirishi mumkinmidi?
- U erda har xil qarorlar qabul qilingan. Ular har xil havo kemalari komandirlari tomonidan qabul qilingan. Ammo umuman olganda, shamol va ko`rimlilik darajasi ko`rsatkichlari aeroport havo kemalarini qabul qila olishi va muammolar bo`lmaganligini ko`rsatgan, deb yozadi Vesti.ru.
Avvalroq FlyDubai aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737-800 samolyoti halokati vaqtidagi video kadrlari paydo bo`lgani haqida xabar bergandik.
Eslatib o`tamiz, Boeing bortida O`zbekiston fuqarosi bo`lgan.





