Kuni kecha bo`lib o`tgan yalpi majlisda Qonunchilik palatasi spikeri N.Ismoilov quyi palata deputatlari orasida koronavirusga qarshi vaksina olganlar va olmaganlar sonini ochiqladi.
"Ayni paytda ushbu infeksiyaga qarshi kurashda eng samarali tadbirlardan biri "emlash" ekanligini, bundan boshqa chora yo`qligini soha olimlari e`tirof etmoqda. Shunga qaramasdan hozirgi kunga qadar quyi palata deputatlarining 70 nafari ixtiyoriy ravishda emlangan xolos. Qolgan 75 nafar deputat koronavirusga qarshi vaksina olmagani, shuningdek, quyi palata devoni xodimlari o`rtasida emlanganlar soni kamligi ham salbiy holat albatta, deya ta`kidladi Spiker.
"Aslida biz, tibbiyot xodimlari ishini ko`paytirmasdan, oilamiz, yaqinlarimiz, hamkasblarimiz va do`stlarimiz hayotini xavfga qo`ymasdan avvalo, o`zimiz namuna bo`lishimiz lozim. Qolaversa, koronavirusga qarshi emlash bo`yicha targ`ibot tashviqot olib borishimiz, uning ijobiy samarasini aholining barcha qatlamlariga keng tushuntirishimiz zarur", - dedi Spiker N.Ismoilov.