AsosiySport

“Arsenal” Joze Mourino uchun kurashga qo`shildi

Londonning “Arsenal” jamoasi “Chelsi” sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino uchun kurashga qo`shildi. Bu haqda Sunday Times nashri jurnalisti Dankan Kasls ma`lum qilgan

“To`pchilar” rahbariyati uzoq yillardan buyon bosh murabbiy sifatida ishlab kelayotgan Arsen Venger o`rniga boshqa mutaxassis izlashga tushdi. Ular orasida portulagiyalik 53 yoshli murabbiy ham bor. Manbaning yozishicha, London klubi rasmiylaridan biri Mourino agenti Jorje Meshden bilan aloqaga chiqqan. 

Shuningdek, “Arsenal” rahbariyati “Inter” ustozi Roberto Manchinini ham ko`z ostiga olib qo`ygan.  

Hozirgi kunda Joze Mourinoga asosiy da`vogar sifatida “Manchester Yunayted” jamoasi e`tirof etilmoqda. Katta ehtimol bilan u yozda Lui van Gal o`rnini egallaydi.

    Boshqa yangiliklar