20 mart kuni Ispaniyaning Barselona va Valensiya shaharlari oralig`ida sodir bo`lgan YTHda halok bo`lgan o`zbekistonlik fuqaroning shaxsi aniqlandi. U samarqandlik Mohina Abdusaidova edi. Bu haqda “Uz24.uz” nashri xabar bermoqda.
Mohina Abdusaidova Avstriyaning Vena shahridagi xususiy oliy ta`lim muassasi MODUL University`da tahsil olayotgan edi. Ispaniyaga u talabalarni o`zaro almashish dasturi bo`yicha borgan edi. Marhuma talaba qizning oilasiga yaqin insonlardan birining ma`lumotiga ko`ra, 23 mart kuni uni dafn etishgan.
Eslatib o`tamiz, 20 mart kuni ertalab Barselona va Valensiya shaharlari o`rtasida yirik YTH sodir bo`ldi. Oqibatda avtobusda bo`lgan 57 nafar talaba qizlarning 13 nafari hayotdan ko`z yumdi.





