O`zbekiston elchisi Nodirjon Turgunov Islom taraqqiyot bankining (ITB) Loyihalashtirish masalalari departamenti bosh direktori Anas Aysam bilan uchrashuv o`tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Unda O`zbekiston va ITB o`rtasida hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish, mamlakatimizda ishlab chiqilayotgan yirik loyihalarni imtiyozli moliyalashtirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo`llab quvvatlash hamda texnik-gumanitar yordamlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Anas Aysam so`nggi yillarda O`zbekistonda kuzatilayotgan misli ko`rilmagan o`zgarishlar dunyo mamlakatlari tomonidan katta qiziqish bilan kuzatib borilayotganini aytib o`tdi. O`zbekiston Prezidenti boshchiligida boshlangan tub islohotlar o`zining samarali natijasini berayotgani va ular mamlakatning xalqaro maydondagi o`rnini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
O`zbekiston va ITB hamkorligi bo`yicha 2018-2022 yillarga mo`ljallangan strategiya muvaffaqiyatli amalga oshirilgani inobatga olinib, 2022-2026 yillar uchun ana shunday strategiya ishlab chiqilgani ma`lum qilindi.
Tomonlar istiqbolda transport, logistika, ta`lim, qishloq xo`jaligi, suv, atrof-muhit, chorvachilik, obod qishloq va boshqa yo`nalishlardagi loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari bo`yicha fikr almashdilar.
O`zbekistonda xotin-qizlar va yoshlarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan muhim dasturlar e`tirof etildi va ularda ITB ishtirokini kengaytirish istiqbollari ko`rib chiqildi.
Bundan tashqari mazkur bank tomonida amalga oshirilayotgan loyilar ijrosini doimiy tarzda monitoring qilib borish va istiqboldagi qo`shma loyihalarni muhokama qilish uchun ITB vakillarining O`zbekistonga amaliy safarini tashkil etish to`g`risida kelishib olindi.