Bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.. Tog` oldi va tog`li hududlarda Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi , ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°, janubda ba`zi joylarda 40° gacha bo`ladi.
Poytaxtda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo`ladi.