AsosiyJamiyat

"Hududgazta`minot" boshqaruv raisi o`rinbosari javobgarlikka tortildi

'"Hududgazta`minot" boshqaruv raisi o`rinbosari javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamentiga asosan gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni berish hududiy gaz ta`minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatini ko`rsatuvchi vakolatli organlar vakillari bilan o`tkazilgan davra suhbatida “Hududgazta`minot” AJ tomonidan Reglamentga zid ravishda hududiy gaz ta`minoti tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan texnik shartlarni Jamiyatning markaziy apparati bilan kelishish amaliyoti joriy etilganligi aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan o`tkazilgan monitoringlarda hududiy gaz ta`minoti filiallari tomonidan davlat xizmatlari ko`rsatilishida yo`l qo`yilgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish bo`yicha qonuniy talab qo`yilgan taqdimnoma kiritilgan bo`lsa-da, mazkur qonunbuzilish holatlari bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda.

Shunga ko`ra, kelgusida yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida "Hududgazta`minot" AJ boshqaruv raisi o`rinbosari MJtKning 215-5-moddasiga asosan ma`muriy javobgarlikka tortildi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar