O`zbekiston havo yo`llari Istanbulga ikki tomonlama aviaqatnovlar uchun ko`proq bagaj aksiyasini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, 6 iyuldan 31 iyulgacha Toshkent – Istanbul – Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlarda bepul bagaj normasi oshiriladi: ekonom-klassda – 50 kg gacha, biznes-klassda – 60 kg gacha.
Buxoro, Nukus, Samarqand, Urganch, Farg`onadan Istanbulga va ortga qaytuvchi aviaqatnovlar uchun quyidagi yuk normasi qo`llaniladi: ekonom-klassda – 40 kg gacha, biznes-klassda – 45 kg gacha.