AsosiyJamiyat

Toshkentdagi YHXB binolaridan biri yopildi

'Toshkentdagi YHXB binolaridan biri yopildi'ning rasmi

2024 yilning 8 iyul kunidan boshlab, Toshkent shahar IIBB YHXB ning Yunusobod tumani O.Zokirov ko`chasi 2-uyda joylashgan xalq tilida “Gvardeyski” nomi bilan tanilgan ro`yxatdan o`tkazish, imtihon olish bo`limida joylashgan binolarda qurilish va qayta ta`mirlash ishlari boshlanganligi sababli fuqarolarga xizmat ko`rsatish vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar qildi.

Yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noqulayliklar uchun uzr so`ralmoqda.

Fuqarolarga xizmat ko`rsatayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB Ro`yhatdan o`tkazish va imtihon olish bo`limiga qarashli  bo`linmalarining manzillari:

-Mirobod tumani Beshkent ko`chasi 43-uy (Fayzobod)

-Mirobod tumani Vodil ko`chasi 53-uy (Uzbum)

-Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 118 “a”-uy (Sobir Rahimov)

-Sergili tumani Sergili avtomashina bozor hududida.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar